Darsni o'yinga aylantiring

Doskada butun sinf bilan musobaqa, bir daqiqada tayyor test va bolalar o'zi kutadigan uy vazifasi. O'zbek tilida, hozircha bepul.

Boshlash Telegram orqali bir daqiqada. Parol o'ylab topish kerak emas.
7 Γ— 8 = ?
3-savol
Aziz
Malika
Siz

Bugun darsda nima qilasiz

Hammasi tayyor va ishlaydi. Sinf oching va birinchi o'yinni shu darsdayoq o'tkazing.

Butun sinf bitta o'yinda

Poyga, viktorina, arqon tortish va so'z qidirish. Savolga to'g'ri javob bergan oldinga o'tadi, sinf esa doskani kuzatadi.

  • Doskada hech kim login kiritmaydi
  • O'yinni o'z telefoningizdan boshqarasiz
O'zbekiston poytaxti qaysi shahar?Sinab ko'ring: javobni bosing

Test kechqurun emas, bir daqiqada

Word fayl yoki mavzuni bering, savollar va javob kaliti tayyor bo'ladi. Kerak bo'lsa qog'oz variantini chop etasiz.

  • To'rttagacha variant, kaliti bilan
  • Natijalar jurnalga o'zi tushadi

Uy vazifasi daftarsiz

O'quvchi rasm yoki fayl bilan topshiradi, siz izoh yozib baho qo'yasiz. Chorak bahosi o'zi hisoblanadi.

Kim qayerdan boshlaydi

Sinfni o'qituvchi ochadi, o'quvchilar unga qo'shiladi.

O'qituvchi

Ro'yxatdan o'tadi, sinf ochadi va birinchi o'yinni o'sha kuni o'tkazadi.

Ro'yxatdan o'tish

O'quvchi

O'qituvchi bergan sinf kodi bilan qo'shiladi, o'ynaydi va vazifani topshiradi.

Sinfga qo'shilish

Bolalar ma'lumoti himoyalangan

Biz o'quvchidan faqat ishlash uchun kerakli narsani so'raymiz.

Savollar

Bepulmi?

Hozir hamma uchun bepul. Keyinchalik maktablar uchun obuna bo'ladi, o'quvchilar uchun asosiy imkoniyatlar bepul qoladi.

Har bir o'quvchida telefon bo'lishi shartmi?

Yo'q. Doska o'yinlarini butun sinf bitta doskada o'ynashi mumkin.

eMaktab o'rnini bosadimi?

Yo'q, u bilan birga ishlaydi: darsni qiziqarli qilish va vazifalar uchun.

Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?

Himoyalangan serverlarda va faqat platforma ishlashi uchun ishlatiladi. Hech kimga sotilmaydi.

Ertangi darsingizni o'yinga aylantiring

Boshlash